Vaqting ketdi naqding ketdi,bugungi ishni ertaga qo’yma vaqt oliy hakam shunga o’xshash 100 lab vaqtni qadri balandligiga urg’u beruvchi maqollar va hikoyalar o’zbek tilida minglab topiladi va xatto ular maktabda endi o’qishni boshlagan o’quvchilarga yod olish vazifasi sifatida yuklanadi ammo bu bizni vaqtni qadrlaydigan avlod qilib qo’ydimi ? Shunisi baxsli masala .
Hozir o’qiyotgan universitetimdan misol keltiraman talabalar darsga vaqtida kelishi uchun oxirgi ikki semesterda yangi qoida ishga tushirildi darsga 5 daqiqadan ortiq kechga qolish o’quvchini dars qoldirgan o’quvchi sifatida belgilash ,ba’zi o’quvchilar bunda o’qituvchilarning qattiq qo’lligidan nolishadi, talabalarni darsga o’z vaqtida kelishi uchun jazo bu qanchalik darajada to’g’ri bunga aniq javob aytolmayman lekin universitetni oxirgi chora sifatida shu jazoni qo’llash darajasigacha kelgani talabalarning shunchalik ayanchli.
Yaqinda bitta maqola o’qib qoldim va maqolada meni e’tiborimni tortgan narsa bu monochronic va polychronic bular qisqa qilib aytganda vaqtni juda qadrlaydiganlar va vaqtni qadrlamaydiganlar ko’pgina osiyo davlatlari polychronic hisoblanadi bular jumlasidan Yaponiya ,Xitoy Janubiy Koreya kabi davlatlar mustasno ular Yevropa davlatlari singari monochronic hisoblanadi va albatta bu bilan davlat axolisining katta qismi nazarda tutilyabdi butun bir davlat axolisi emas. Va endi davlatlarni ta’lim ,tibbiy yordam ko’rsatish va boshqa jihatlardan solishtirilganda monochronic davlatlar bu sohalarda yaxshi natija ko’rsatib kelmoqda. Va ikkala turdagi davlatlarda ham ma’suliyatli insonlar birdek qadrlanadi, lekin bittiasida vaqt oltinga teng sanaladi kitoblarda va bittasida hayotda ham vaqt bebaxo sanaladi.
02.04.2025
O’zbekiston ,Toshkent