Kechagina muzlatgichdan onam yuborgan nonlarni ola turib bir narsani o’ylab qoldim bu varaqlar qachonlardir opam uchun qadrli bo’lgan daftardan joy egallab turgan va 2 yarim yilcha oldin opam o’zi xohlagan universitetga byudjet asosida o’qishga qabul qilindi va shu kuni adashmasam bu daftarlar bir umrga eski kitoblar saqlanadigan tortmadan joy olgan edi va hozirda oyim bu daftarlar opamga sira ham zarur bo’lmagani sababli ulardan boshqa maqsadda foydalanyabdi bu ko’rib turganingizdek nonlar saqlanayotgan paytda namlanib mog’or bosmasligi uchun nonlar orasiga joylab qo’yilgan bu xam o’ylab qarasak bu qog’ozga bo’lgan qadrni asoslaydi albatta ammo men nonni yeb bo’lganimdan keyin boshqa shu maqsadda foydalanilgan qog’ozlar singari bular ham ahlatga uloqtiriladi.

Menda ham Ielts imtixoniga tayyorlangan paytimda yozgan ancha yozilmalar bor ularni lekin hozircha tashlab yuborganim yo’q chunki bu muddatlarni eslatuvchi yodgorlik sifatida saqlab qo’yganman, va foydasi tegsin deya o’sha paytda foydalangan 20 30 tacha foydalangan kitoblarimni Ingiliz tilini o’rganayotgan singlimga berib yuborganman albatta Ielts olishi bilan qaytarib olaman degan niyat bor chunki Ielts qo’lga kiritilishi bilan ular ham opamni daftarlari xoliga tushishidan qo’rqaman.

O’ylab qarasak o’zi jonsiz buyumlarni ko’pchiligi biron bir maqsadni o’tab bo’lgach yoki yaroqsiz xolga kelguniga qadar qandaydir darajada qadrli bo’ladI. Yoki ba’zi bir buyumlar biron bir yaqin insondan yodgorlik bo’lsa yoki qandaydir mashaqqatli yo’lni eslatib turadigan bo’lsa uning qadri ko’proq muddat saqlanib qoladi ammo bir kun kelib u ham qadrsiz buyum tamg’asini olishga mahkum.

Faqat jonsiz buyumlarni qadri o’tadimi albatta yo’q bu taqdir insonlarni ham taqdirida bor o’ylab ko’raylik qachonlardir universitetga tayyorlanyotganingizda deyarli har kuni murojaat qiladigan inson ustozingizga bilim egallagandan so’ng siz uchun qadrlilik darajasi kundan kunga oydan oyga pasayib borgan va meni xolatimda ham afsuski har vaqtda faqat hol-axvol so’rashish uchun qo’ng’iroq qilaman.

Va afsuski mantiqan o’ylab qarasak hech bir yaratilgan narsaning qadri butun umrga cho’zilmaydi albatta bu bilan Inson ham buyum ham bir kun kelib o’z qadrini yo’qotadi demoqchiman albatta bundan o’zidan o’lmas asarlar , bilimlar va xotiralar qoldirgan insonlar mustasno.